Yoqilg‘i tejovchi gazgenerator qurilmasi.
Foto: “O‘zA”
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida namoyish qilingan Malayziyaning “Amiran” texnologik kompaniyasi ishlab chiqargan gazgenerator qurilmasi avtomobilga o‘rnatilgandan so‘ng yoqilg‘i sarfi 50 foizgacha tejaladi.
O‘z-o‘zidan bosib o‘tiladigan masofa ham 50 foizgacha uzayadi, deb xabar berdi “O‘zA”.
Kompaniya direktori o‘rinbosari A’zam Al-Yahyoning ta’kidlashicha, ushbu qurilma tarkibida asosini suv tashkil qiluvchi kislorod-vodorodli yoqilg‘i kapsulasi mavjud. U suv elektrolizi texnologiyasiga asoslangan kichik aksessuarlardan iborat. Gazgenerator qurilmasi atmosferani ifloslantiruvchi moddalar va zaharli gaz chiqindilarini kamaytiradi. Avtotransportning ravon harakatlashini ta’minlaydi.
Gazgenerator qurilmasi dvigatel haroratini pasaytirishi natijasida mashina moyi ko‘proq muddatga yetadi. U barcha turdagi avtotransport vositalari uchun mo‘ljallangan. Yengil avtomobillar uchun GX-300 modeli tavsiya etiladi. Har 10 ming kilometrdan so‘ng qurilma ichidagi suv almashtiriladi.
Xabarda ta’kidlanishicha, uni o‘rnatish juda oson. U avtomobil yukxonasiga ixcham tarzda o‘rnatiladi. 5 yildan 10 yilgacha kafolati bor.
Nashr qurilmaning narxiga aniqlik kiritmagan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...