06:30 / 06.03.2018
9 977

YPX xodimi o‘z vazifasini bilmaydi(mi?)

YPX xodimi o‘z vazifasini bilmaydi(mi?)
Ba’zan YHXX inspektorlari “to‘xtab turish taqiqlanadi” belgisi ostida qoldirilgan avtoulovning davlat raqamini yechib olganiga guvoh bo‘lamiz. Bugun ham inspektorning Buxoro ko‘chasida “to‘xtab turish taqiqlanadi” belgisi ostida qoldirilgan avtoulovlarning davlat raqamini yechib olayotganiga guvoh bo‘ldik va buni fotoapparatimizga ham muhrlab qo‘ydik. Qoidaga ko‘ra, inspektor avtomobil davlat raqamini yechib olishga haqlimi?

Transport vositalarining davlat raqam belgilarini yechib olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2012 yil 4 apreldagi 53-sonli buyrug‘i (Adliya vazirligida 2012 yil 21 may kuni 2367-son bilan ro‘yxatga olingan) talablarida ko‘rsatib o‘tilgan hollardagina qo‘llanilishi mumkin.

“To‘xtab turish taqiqlanadi” yo‘l belgisi talabi bajarilmagan holatlarda YHXX inspektorlari ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi. Agar transport vositasi boshqa transport vositalariga halaqit bersa, majburiy evakuatsiya qilinadi.

IIVning 2012 yil 4 apreldagi 53-sonli buyrug‘i “Texnik ko‘rikdan o‘tkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek, belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” deb nomlanadi. Unga ko‘ra, tasdiqlangan nizomda “texnik nosoz, ruxsatnomasiz qayta jihozlangan yoki belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmagan transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari DYHXX organlari tomonidan yechib olinadi” deb belgilab qo‘yilgan. Demak, boshqa hollarda avtotransport vositasining davlat raqamlari yechib olinishi mavjud qoidalarga muvofiq emas, deb hisoblanadi.

Manba: “Ishonch” gazetasi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » YPX xodimi o‘z vazifasini bilmaydi(mi?)