Volvo XC40 krossoveri Yevropada yil avtomobili nomiga sazovor bo‘ldi. Shvetsiya markasi ushbu mukofotni ilk bor qo‘lga kiritdi. To‘plangan ovoz natijalari Jenevadagi avtosalonning boshlanishidan oldin e’lon qilindi, deb yozmoqda “Daryo”.
Volvo XC40 krossoveri 325 ta ovoz to‘pladi. Undan keyingi o‘rinni Seat Ibiza 242 ovoz bilan, uchinchi o‘rinni BMW 5 226 ta ovoz bilan band etdi. Shuningdek, nomzodlar ro‘yxatidan Kia Stinger (204 ball), Citroen C3 Aircross (171 ball), Audi A8 (169 ball) hamda Alfa Romeo Stelvio (163 ball) joy oldi.
Volvo XC40 ommaviy ravishda o‘tgan yilning sentyabrida Milandagi tadbirda namoyish etilgandi. Ushbu krossover Shvetsiya markasining CMA platforma moduli asosida yaratilgan ilk modelga aylangan edi.
Volvo XC40 krossoveriga Drive-E oilasiga mansub to‘rt silindrli D4 dizel va T5 benzinli dvigateli o‘rnatilgan. Birinchi motorning quvvati 190 ot kuchiga, ikkinchisiniki — 254 ot kuchiga teng. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin