So‘nggi paytlarda Toshkent ko‘chalarida oynalari qoraytirilgan avomobillar tez-tez ko‘zga chalinmoqda. Bu holatni ko‘rgan hamshaharlarimizda “qoraytirilgan oynali ulovda harakatlanish mumkin bo‘ldimi?” degan savol tug‘ilmoqda.
YHHB xodimlarining www.uza.uz saytiga bergan ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 126-moddasida qoraytirilgan oynali avtomobilda harakatlanish taqiqlangani ko‘rsatilgan. Hamda qoidani buzgan haydovchiga nisbatan transport vositasi vaqtinchalik saqlash jarima maydoniga evakuatsiya qilinadi. Qoidani buzish eng kam ish haqining 1 barobari bilan jazolanadi. Agarda vaziyat yana takrorlansa, jarima eng kam ish haqining 2 barobarida belgilanadi. Ushbu qoida O‘zbekiston hududida harakatlanuvchi barcha avtomobil egalariga tegishli. Joriy yilda mazkur qoidani buzish holatlari sodir etilgan.
Qo‘shni davlatdan o‘z mashinasida tashrif buyurgan sayyohlar ham mazkur qoidaga amal qilishlari lozim. O‘zbekiston Respublikasi chegarasida mamlakatga kirib kelayotgan xorijiy avtomashina egasiga ushbu qoidalar birinchi galda ogohlantiriladi va tushuntiriladi. Agar qoida buzilgan taqdirda haydovchiga nisbatan tegishli chora ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududidagi elchixonalarga tegishli ulovlar mazkur qoida bilan cheklanmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi