date

Toshkent chorrahalariga kuzatuv kameralarining o‘rnatilishi jarima maydonchalarida joy etishmovchiligiga sabab bo‘lishi mumkin

Toshkent chorrahalariga kuzatuv kameralarining o‘rnatilishi jarima maydonchalarida joy etishmovchiligiga sabab bo‘lishi mumkin

Hozirgi vaqtda Toshkent shahrining eng gavjum chorrahalariga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish ishlari davom etmoqda. “Podrobno.uz”ning qayd etishicha, istiqbolda bu harakat boshqa bir muammoga – jarima maydonchalarining qoidabuzar haydovchilarning mashinalari bilan to‘lib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Hozirgi vaqtda Toshkent shahrida avtomobillar uchun sakkizta jarima maydonchasi ishlab turibdi. Shahar hokimligi esa Toshkentning ma’lum tumanlarida qo‘shimcha maydonchalarni qurish masalasini o‘rganib chiqmoqda.

Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Asomiddin Tojievning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda yangi jarima maydonchalarini qurish uchun mos joy qidirilmoqda. Dastlabki bosqichda bunday maydonchalar sonini 11taga etkazish ko‘zda tutilgan.

Tojievning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentning Yakkasaroy tumanida birorta ham jarima maydonchasi yo‘q. Agar maydonchalar haqiqatan ham to‘lib ketsa, ko‘p qavatli avtoturargohlarning ba’zi qavatlaridan foydalanish ehtimoli ham yo‘q emas.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Toshkent chorrahalariga kuzatuv kameralarining o‘rnatilishi jarima maydonchalarida joy etishmovchiligiga sabab bo‘lishi mumkin