Foto: «GM Uzbekistan»
Avtomobil savdosi jarayonlarida noqonuniy mexanizmlarning ishlatilish faktlari, shu jumladan, avtomobil yetkazib berilishi muddatlarini tezlashtirish vaji bilan o‘rtakashlik bilan shug‘ullanish to‘g‘risidagi ko‘p sonli xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi kunlarda keng tarqalayotganini inobatga olgan holda, «GM Uzbekistan» AJ o‘zining barcha dilerlik korxonalarida shartnoma rasmiylashtirish va o‘sha zahoti avtomobil egasiga aylanish imkoniyati mavjudligini rasman ta’kidlaydi.
Bunday avtomobillarning modellari va dilerlik korxonalari kesimidagi to‘liq ro‘yxati bilan kompaniya rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. Ushbu ro‘yxat kundalik ravishda yangilanib boradi.
«GM Uzbekistan» AJ Jamoatchilik bilan ishlash xizmatining xabariga ko‘ra, kompaniya avtomobil yetkazib berish uchun shartnoma rasmiylashtirishda yoki uning muddatlarini tezlashtirishga yordam berish yoki shu kabi boshqa «xizmat»larni taklif qilayotgan shaxslarning va’dalariga ishonmaslikka chaqirib qoladi.
Avtomobil yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalar faqatgina ro‘yxatga olingan rasmiy murojaatlar (arizalar) asosida avtomatik tarzda yaratiladigan yagona elektron navbat bo‘yicha amalga oshiriladi.
Avtomobil savdosiga doir korrupsion holatlar aniqlanganda «GM Uzbekistan» AJning 147-14-14 raqamli yagona ishonch telefoniga yoki bevosita huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish so‘raladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi