Elektromobillar uchun dunyodagi eng tezkor quvvatlash uskunasi yaratildi

Elektromobillar uchun dunyodagi eng tezkor quvvatlash uskunasi yaratildi
ABB Shvetsiya va Shveysariya kompaniyasi elektromobillar uchun dunyodagi eng tezkor quvvatlash uskunasini yaratdi. Bu haqda «Nauka.TV»ga asoslanib Daryo yozmoqda.

ABB 1988 yili yaratilgan bo‘lib, elektrotexnika va elektr mashinasozlik bilan shug‘ullanib keladi.

Kompaniya taqdim etgan Terra High Power DC nomli, 350 kVt kuchga ega uskuna o‘rtacha elektromobilni bor-yo‘g‘i 8 daqiqa ichida quvvatlantiradi. Bu quvvat mashinaga 193 kilometr masofani bosib o‘tishga yordam beradi.

Bu Tesla quvvatlash stansiyalari ko‘rsatkichidan qariyb uch barobarga tezroqdir.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar