Moskvaning qator shosselarida 7-10 kilometrli tirbandliklar yuzaga keldi

“Yandeks.Probki” xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan 10:44 holatiga ko‘ra, Moskva ko‘chalarida avtomobillar harakati haddan tashqari qiyinlashib ketgan.
“Gazeta.ru”ning xabar berishicha, “Yandeks.Probki” Moskva ko‘chalaridagi joriy holatni o‘zining 10 ballik tizimida 9 ball (“shahar qimirlamay turibdi”)ga baholagan.
Xabar berishlaricha, shaharga kirish joylarida katta tirbandliklar yuzaga kelgan. Xususan, Kaluga shossesida tirbandlik 10 kilometrga etgan, Kiev shossesidan Moskva halqa yo‘ligacha esa 7 kilometrlik tirbandlik yuzaga kelgan, xuddi shunday manzarani Varshava va Yaroslav shosselarida ham yuzaga kelgan.
Moskva halqa yo‘lining o‘zida ham harakat har ikki yo‘nalish bo‘ylab qiyin bo‘lib qolgan. Uchinchi transport halqasida Rasukov estakadasidan Begovoy ko‘chasigacha 8 kilometrlik tirbandlik kuzatilmoqda.
Shahar markazida harakat to‘xtab qolgan, Sadovoy halqasi bo‘yicha ham harakat og‘irlashgan.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing