O‘zbekistonda Ravon brendi ostidagi chiqariladigan mashinalar sotila boshlandi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” boshqaruv raisi Umidjon Salimov ma’lum qildi.
Asakadagi GM Uzbekistan zavodi Ravon brendi ostidagi mashinalarni 2015 yildan ishlab chiqara boshlagan.
31 may kuni General Motors Asaka zavodidagi o‘z ulushini to‘liq sotib yuborishi ma’lum bo‘ldi. Salimovning aytishicha, aksiyalarni sotib olish deyarli yakunlangan. AQSH kompaniyasi yil oxirigacha qolgan 10 foiz aksiyani sotadi.
GM O‘zbekistondan ketishiga qaramasdan, “texnik yordam shartlarida” ishlashni davom ettiradi va “O‘zavtosanoat” AQSH markasini saqlab qolishi mumkin.
“O‘zavtosanoat” parallel ravishda Toshkentdagi GM Powertrain Uzbekistan korxonasi aksiyalarini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
“Yaqin uch oyda muzokaralar jarayoni yakunlanadi, so‘ngra aksiyalarni sotib olishni boshlaymiz”, deb qo‘shimcha qilgan Salimov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi