General Motors avtomobil korporatsiyasi hamda “O‘zavtosanoat” O‘zbekistondagi ikkita avtozavoddagi amerikaliklarning ulushlarini sotish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Bu haqda Sarzone.uz sayti xabar qildi.
Gap Asaka avtomobil zavodi va Toshkentdagi GM Powertrain Uzbekistan dvigatellar zavodi haqida ketmoqda.
“O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Umidjon Salimov payshanba kuni Asaka avtozavodidagi Amerika korporatsiyasining barcha ulushini yilning oxirigacha sotib olish rejasini ma’lum qildi. Shuningdek, GM Powertrain Uzbekistan zavodidagi amerikaliklarning 70 foizdan ortiq aksiyasini xarid qilish bo‘yicha ham muzokara olib borilmoqda.
Shunga qaramasdan o‘zbek zavodlariga AQSH kompaniyasi texnik ko‘mak ko‘rsatib turadi. Chevrolet brendi ostida avtomobil ishlab chiqarish ham davom etadi.
General Motors va “O‘zavtosanoat” AK hamkorligidagi GM Uzbekistan avtokorxonasi 2008 yilning mart oyida tashkil etilgan. O‘sha vaqtda aksiyalarning 75 foizi O‘zbekistonga, 25 foizi AQSH kompaniyasiga tegishli edi.
Hozir Asakadagi avtozavodda 8 mingdan ziyod odam ishlaydi. Zavod maydoni 72 ga. Yiliga 250 ming avtomobil ishlab chiqaradi. Yaqin yillarda Tracker yo‘ltanlamasi va Cobaltning takomillashtirilgan rusumini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”