16:26 / 27.06.2018
11 825

Avtomobillarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari o‘zgardi

Avtomobillarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari o‘zgardi
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan ro‘yxatga olingan barcha jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikka taqdim qilish so‘ralmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.

Shunga ko‘ra:

- yuridik shaxslarga qarashli bo‘lgan transport vositalarining texnik ko‘rigi 1 mart kunidan - 30 iyun kuniga qadar;

- jismoniy shaxslarga qarashli bo‘lgan transport vositalarining texnik ko‘rigi 1 yanvar kunidan - 31 avgust kuniga qadar;

- tijorat asosida yo‘lovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobus va mikroavtobuslar, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va tirkamalar – bir yilda ikki marotaba (1-bosqichi 1 mart kunidan 30 iyun kuniga qadar, 2-bosqich 1 sentyabr kunidan 30 oktyabr kuniga qadar) o‘tkazilishi belgilangan.

Yuridik shaxsga tegishli transport vositalari Toshkent shahar Chilonzor tumani, Mehr ko‘chasi, 56-uyda joylashgan YHX boshqarmasi binosida joylashgan Transport vositalarini texnik holati ustidan nazoratni tashkil etish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkaziladi.

Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari:

1. Chilonzor, Uchtepa, Sergeli va Yakkasaroy tumanlari bo‘yicha Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi, 118 “a”-uyda (tel:279-35-92) joylashgan 1-avtomobillarni diagnostika qilish stansiyasida;

2. Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlari bo‘yicha Yunusobod tumani, TXAY ko‘chasi, O.Zokirov 2“a”-uyda (Tel:222-94-43) joylashgan 2-avtomobillarni diagnostika qilish stansiyasida;

3. Mirobod, Yashnobod, Bektemir va Shayxontohur tumanlari bo‘yicha Mirobod tumani, Vodil ko‘chasi, 54-uyda (tel:283-21-03) joylashgan 3-avtomobillarni diagnostika qilish stansiyalarida o‘tkaziladi.

Belgilangan muddatlarda majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilmagan holatlarda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125-moddasi 2-qismi bilan eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobillarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari o‘zgardi