09:57 / 29.07.2018
5 258

Rossiyadagi "eng arzon avtomobillar" orasida Ravon R2 ham bor

Россиядаги "энг арзон автомобиллар" орасида Ravon R2 ҳам бор
Rossiyada eng arzon avtomobillar reytingida hamon mahalliy korxonalar avtomobillari yetakchilik qilmoqda.

“Rossiyskaya gazeta” tomonidan e’lon qilingan ushbu ro‘yxatga narxi 409900 rubldan boshlanuvchi Lada Granta yetakchilik qilmoqda.

2- va 3-o‘rinlarni ham Lada avtomobillari – Priora sedani (424 900 rubl) va Granta liftbegi (434 900 rubl) egallamoqda.

2018 yil yanvaridan beri ro‘yxat yetakchilari o‘rtacha 10 ming rublga qimmatlashgan.

Yetakchi beshtalikdan Brilliance H230 sedani (459 900 rubl) va Lada Kalina (660 600 rubl) ham joy olgan. Brilliance H230 eng arzon xorijiy mashina bo‘lgan.

Bundan tashqari, ro‘yxatdan Datsun on-DO (461 ming rubl), Lada 4x4 yo‘ltanlamasi (469 900 rubl) va Lada Kalina (475 200 rubl) joy olgan. Reytingning oxirgi pog‘onalarini Ravon R2 xetchbegi (489 000 rubl) va FAW Oley sedani (491 000 rubl) egallagan.

Nashrning ta’kidlashicha, joriy yilda ushbu ro‘yxat 2015 yildan beri eng katta o‘zgarishlarga uchragan. Mart oyidan beri ro‘yxatda keltirilgan 10 ta mashinadan birvarakayiga 9 tasi qimmatlashgan. Bu esa bozordan arzon avtomobillarning bir qismi ketib, ularning o‘rniga qimmatroq modellar kelgani bilan tushuntiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyadagi "eng arzon avtomobillar" orasida Ravon R2 ham bor