
Xalqaro Press klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda "O‘zavtosanoat" vakillari ishtirok etyapti, deb xabar qilmoqda Kun.uz nashri.
1 avgustdan O‘zbekistonda GM Uzbekistan mashinalari narxi oshadi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avtomobillar narxi o‘rtacha 14 foizga oshiriladi.
Avvalroq, yangi narxlar kutilayotgan yangi haftadan joriy qilinishi mumkin ekani, narxlar taxminan 10-12 foizga qimmatlashishi kutilayotgani xabar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing