
Xalqaro Press klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda "O‘zavtosanoat" vakillari ishtirok etdi.
“O‘zavtosanoat” rahbari Shavkat Umurzoqovning bildirishicha, kelasi yildan avtomobillarga turli chegirmalar beriladi.
“Men sizlarga va’da beraman: kelasi yildan avtomobillarga narx borasida turlicha chegirmalar bo‘ladi. Narxlarni pasaytirishga harakat qilamiz. Bu borada ijtimoiy tarmoqlarda yozilgan e’tirozlarni men qabul qilaman, ammo kelasi yilgacha vaziyat mutlaqo o‘zgaradi.
Bizda boshqarish tizimi umuman eskicha bo‘lib qolgan. Nega mashinalar narxi oshgan? Bizda eksportga yo‘naltirishga qaralmagan, mashina o‘zining tannarxidan arzon sotilgan, ko‘zbo‘yamachilik bilan shug‘ullanilgan. Sababi, avval reja pastdan chiqib kelgan, so‘ng “O‘zavtosanoat” tasdiqlagan. Endi bunday bo‘lmaydi. Tizim mutlaqo o‘zgaradi”, - deydi u.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar