08:34 / 03.08.2018
5 498

O‘zbekistonda har 1000 kishiga 83 ta mashina to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda har 1000 kishiga 83 ta mashina to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi
Foto: Xalqaro press klub
O‘zbekistonda aholining avtomobil bilan ta’minlanganlik darajasi har 1000 kishiga 83 ta avtomashina to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda. Bu haqda «O‘zavtosanoat» rahbari o‘rinbosari Umidjon Salimov ma’lumotlariga asoslanib, Daryo xabar berdi.

Qo‘shni Qozog‘iston respublikasida bu ko‘rsatkich 250 tani, Rossiya federatsiyasida esa 334 ta mashinani tashkil etadi.

«2021 yilga borib esa har 1000 kishiga 237 ta mashina ko‘rsatkichiga olib chiqish rejalashtirilmoqda»,—deydi Umidjon Salimov.

Shuningdek, Salimov 2030 yilga borib avtomobil ishlab chiqarish yiliga 300-350 mingtani tashkil etishini ham ma’lum qilgan.

Avvalroq Xalqaro press klubdagi sessiya chog‘ida «O‘zavtosanoat» rahbari Shavkat Umrzoqov Asakadgi GM Uzbekistan zavodi yiliga 160-170 ming avtomobil ishlab chiqarayotganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda har 1000 kishiga 83 ta mashina to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi