date

“Toshshahartransxizmat” Mercedes avtobuslarining yonishi sabablarini ma’lum qildi

“Toshshahartransxizmat” Mercedes avtobuslarining yonishi sabablarini ma’lum qildi

Toshkentdagi jamoat transportiga mas’ul bo‘lgan “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi so‘nggi yillarda kuzatilayotgan Mercedes-Benz avtobuslarining yonib ketishi sabablarini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Kompaniyadan ma’lum qilishlaricha, Mercedes-Benz avtobuslari yonishining asosiy sababi – elektr uskunalari tizimi elektr simlaridagi qisqa tutashuvlardir.

“O‘zbekiston avtobuslardan foydalanish ayniqsa og‘ir bo‘lgan mintaqaga taalluqli – bu erda havo kuchli ifloslangan, yoz va qish oylarida atrof-muhitdagi havo harorati keskin o‘zgarib turadi hamda bu holatlar avtobuslarning tegishli uzel va agregatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va ularning ishonchliligini pasaytiradi – bu narsa Toshkentda foydalanilayotgan avtobuslarning ishlab chiqaruvchisi – Germaniyaning Evo Bus GmbH kompaniyasi tomonidan ham tan olingan”, – deyiladi “Toshshahartransxizmat” javobida.

“Ushbu sharoitlarda Mercedes-Benz Conecto O345 avtobuslarining 10 yildan ortiq ishlashi elektr simlarining plastik izolyasiyasining butunligi ishdan chiqishiga sabab bo‘ldi. Avtobuslarning harakat davri oshib borgani ularda nosozliklar kelib chiqadi, mehnat sarfi oshadi, foydalanishdagi ishonchlilik pasayadi”, – deya qayd etishdi kompaniya vakillari.

Shundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda Mercedes-Benz Conecto O345 avtobuslari bosqichma-bosqich foydalanishdan chiqarilmoqda va 2015 yil oxiriga borib ushbu avtobuslardan foydalanish to‘liq to‘xtatiladi.

Kompaniyadagilarning qayd etishicha, nisbatan yangi hisoblangan past polli Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobuslaridagi yong‘inlar ham iqlim sharoitlari hamda avtobus konstruksiyasidagi kamchiliklar bilan bog‘liq.

Avtobuslarning yonishi bilan bog‘liq har bir holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” komissiyasi yong‘in sabablarini aniqlash bo‘yicha xizmat tekshiruvlari o‘tkazmoqda. Xizmat tekshiruvlari yakuniga ko‘ra kompaniyaning aybdor mansabdor shaxslarni zararlangan avtobusni o‘z hisobidan qoplab berish sharti bilan jazolash haqida buyrug‘i chiqarilmoqda.

Bundan tashqari, har bir yong‘in holati yuzasidan avtokorxonalarga maxsus xabar jo‘natilmoqda va barcha korxonalarning haydovchilar tarkibi bilan tegishli yo‘riqnomalarni bajarish, avtobuslardan foydalanish texnika qoidalariga rioya qilish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha navbatdan tashqari tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, har bir harakat tarkibidagi o‘to‘chirgichlarni o‘z vaqtida almashtirish va to‘ldirish ustidan nazorat kuchaytirilgan.

Mercedes-Benz avtobuslarining yonishi bilan bog‘liq har bir holat yuzasidan Evo Bus GmbH’ga xatlar yo‘llangan, ushbu murojaatlar asosida kompaniya ekspertlari mustaqil tekshiruvlar o‘tkazishgan.

Qayd etishlaricha, konstruksiyadagi nosozliklar Mercedes-Benz Conecto Low avtobuslarining 2012 yili (100ta) va 2013 yilda (100ta) etkazib berilgan partiyalarida kuzatilgan.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » “Toshshahartransxizmat” Mercedes avtobuslarining yonishi sabablarini ma’lum qildi