
Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “GM Uzbekistan” AJ dilerlik korxonalari bilan hamkorlikda maxsus aksiya yoʻlga qoʻymoqda. Endilikda siz “Spark” R2 Optimum A/T avtomobilini xarid qilib, faol dilerlik markazlari hamkorligida tashkil etilgan 1 000 000 soʻm chegirma koʻrinishidagi sovgʻaga ega boʻlasiz!
Aksiya 2018 yilning 26 sentyabridan 10 noyabriga qadar davom etadi.
Shuningdek mazkur aksiya butun respublika boʻylab Spark R2 Optimum A/T avtomobilini imtiyozli kredit shartlarini taklif qilayotgan GM Uzbekistan kompaniyasining avtokreditlash boʻyicha rasmiy hamkori InfinBank tomonidan qoʻllab quvvatlanadi.
Spark R2 Optimum A/T avtomobili uchun imtiyozli avtokreditni quyidagi kredit shartlarida rasmiylashtirishingiz mumkin:
1) 10% oldindan toʻlov amalga oshirilganda - 5 yilgacha muddatga – yillik 22% ustama
2) 30% oldindan toʻlov amalga oshirilganda - 3 yilgacha muddatga – yillik 20% ustama
3) 50% oldindan toʻlov amalga oshirilganda - 2 yilgacha muddatga – yillik 19% ustama
4) 60% oldindan toʻlov amalga oshirilganda – 15 oygacha muddatga – yillik 18% ustama
Infinbankʻning Sizga qulay boʻlgan filiali manzili haqidagi maʼlumotni Siz doim 71-202-50-60 Yagona aloqa markazi raqamlari orqali aniqlashingiz mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar