Dunyodagi 90 foizga har xil plastmassa turlaridan yigʻilgan birinchi avtomobil Yaponiyada taqdim etildi.
NHK telekanalining xabar berishicha, innovatsion texnologiyalarni yaratish boʻyicha hukumat dasturi doirasida ishlab chiqilgan yangi konsept-kar Tokio universiteti olimlari hamda avtomobil ishlab chiqaruvchilari oʻrtasidagi hamkorlik natijasidir. Turli plastmassa turlaridan foydalanilgani sababli, avtomobil ogʻirligi odatdagidan koʻra 40 foizga yengilroq. Yengillik energiyani tejash imkonini beradi va elektr mobillarni rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochadi.
Mashinadagi eng asosiy narsa shundaki, hozirgi kunga qadar avtomobil sanoatida plastmassalardan foydalanish, ularning mustahkam emasligi tufayli imkonsiz, deb hisoblangan. Olimlar bu muammoni turli xil plastmassalar birikmalaridan foydalanib yechishga muvaffaq boʻlishdi. Bu muhim detallari va tarkibiy qismlari 90%ga plastmassadan iborat boʻlgan dunyodagi birinchi avtomobildir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi