06:00 / 08.10.2018
6 193

Korrupsiyaga yoʻl qoʻygani uchun “Namangan Avtotexxizmat” rahbari ishdan olindi

Korrupsiyaga yoʻl qoʻygani uchun “Namangan Avtotexxizmat” rahbari ishdan olindi
GM Uzbekistan AJ “Namangan Avtotexxizmat” MCHJ dilerlik korxonasiga avtomobil savdosi boʻyicha koʻchma tekshiruv oʻtkazdi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmatiga tayanib “Sof” nashri xabar bermoqda.

Mazkur tekshiruv chogʻida dilerlik korxonasi tomonidan mijozlar bilan ishlashda qoʻpol qoidabuzarlik va xatolarga yoʻl qoʻyilganligi namoyon boʻldi.

Xususan, avtomobillar savdosidagi tizimli ishlarni tashkil etish, oʻtkazilayotgan aksiyalarni shartlariga qatʼiy rioya qilish, mijozlarga oʻz vaqtida tegishli ravishda maʼlumotlar taqdim etib borish, mijozlar uchun qulay sharoitlar mavjud emasligi, xodimlarning ishlarida korrupsiyaga yoʻl qoʻyish holatlari mavjudligi, shuningdek Call-markaz ishida ham doimiy uzilishlar aniqlandi.

Bundan tashqari avtosalon omborxonalarida sotib boʻlingan avtomobillarning mavjudligi, shuningdek mijozlar ishtirokisiz imzolangan bir qator shartnomalar mavjudligi aniqlandi.

Tekshiruv natijasida ushbu korxonaning boshqaruv raisi ishdan olindi, uning oʻrniga mavjud xatolarni bartaraf etish va dilerlik markazini sifat va xizmat koʻrsatish sohasida yuqori darajaga koʻtarishi lozim boʻlgan yangi rahbar – Zohid Kamalov tayinlandi. Avval Zohid Kamalov Rossiyaning “Armada” xolding kompaniyasi bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Aytish joizki, tekshiruvlar davomida aniqlangan barcha hujjatlar ekspertiza uchun Namangan viloyati huquq-tartibot organlariga taqdim etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Korrupsiyaga yoʻl qoʻygani uchun “Namangan Avtotexxizmat” rahbari ishdan olindi