12:13 / 23.10.2018
11 488

«GM Uzbekistan»dan yangi aksiya: Imtiyozli avtokreditlashga 4700 dona mashina qo‘yildi

«GM Uzbekistan»dan yangi aksiya: Imtiyozli avtokreditlashga 4700 dona mashina qo‘yildi
«GM Uzbekistan» AJ hamda «InfinBANK» ATB hamkorligidagi aksiya davom etishi ma’lum qilindi.

Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘tkazilayotgan aksiyaga iste’molchilarning yuqori talabi va qiziqishini inobatga olgan holda, imtiyozli kredit shartlarida taqdim etiladigan avtomobillarning soni 4700 donagacha, modellar qatori esa — 3 pozitsiyagacha oshirildi. Endilikda sizda quyidagi avtomobillarni xarid qilish imkoni paydo bo‘ldi:
  • LACETTI CDX A/T (3 poz.) avtomobili 500 dona;
  • NEXIA 3 LTZ A/T (4 poz.) avtomobili 500 dona;
  • SPARK LT M/T (2 poz.) avtomobili 3700 dona.

Imtiyozli avtokreditni «InfinBANK» ATBning barcha filiallarida quyidagi shartlarda rasmiylashtirish mumkin:

1) 20% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda — 5 yilgacha, yillik 24%
2) 30% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda — 3 yilgacha, yillik 22%
3) 50% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda — 2 yilgacha, yillik 21%
4) 60% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda — 15-oygacha, yillik 20%

Aksiya 2018 yilning 23 oktyabridan boshlanadi. 23 dan 27 oktyabriga qadar besh kun davomida faqatgina hujjatlarni qabul qilish va o‘rganish amalga oshiriladi, 27 oktyabrdan esa avtokreditlash boshlanadi.

Aksiyada ishtirok etayotgan avtomobillar qoldig‘i bilan kunlik tarzda «InfinBANK» ATBning rasmiy saytidan ma’lumot olishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, sizdan turli vajlarda imtiyozli avtokredit rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘ undirish hollari yuzaga kelganda kompaniyaning Call-markaziga 71-141-77-77 raqamlari yohud O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 10-07 qisqa raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «GM Uzbekistan»dan yangi aksiya: Imtiyozli avtokreditlashga 4700 dona mashina qo‘yildi