Davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida “GM Uzbekistan” AJdagi ish jarayoni bilan tanishib, uning faoliyatiga tanqidiy baho bergan edi.
Bu esa jamoani yangicha ishlash, dunyo tajribasidan foydalangan holda, iqtisodiy samaradorlikka erishishga undadi. Natijada Rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Unga binoan, 2025 yilga qadar korxonada kadrlar siyosatini tubdan o‘zgartirish, texnologik yangilanishlarga asos solish, yangi modellarni joriy etish kabi o‘nlab masalalar yuzasidan aniq rejalar tuzildi.
Konsepsiya hozirdanoq o‘zining ijobiy samarasini bera boshlagani e’tiborga molik. Buni quyidagi raqamlardan ham bilish mumkin. Misol uchun, yilning birinchi choragida mahsulot ishlab chiqarish ko‘lami 40 ming donani tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich uchinchi chorakda 50 mingtaga yetdi. To‘rtinchi chorakda esa 87 ming dona avtomobil ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Zavodda bu qadar yuksak ko‘rsatkich ilk marotaba kuzatilayotganini hisobga olsak, Rivojlanish konsepsiyasi iqtisodiyotimiz uchun ham, mijozlar talab-istaklari uchun ham muhim ahamiyatga ega ekanligiga amin bo‘lamiz.
Avtomashina ishlab chiqarish jarayoni murakkab bosqichlarni o‘z ichiga oladi va bir dona avtomobilni tayyorlash uchun 5 mingdan 10 ming donagacha bo‘lgan detal hamda ehtiyot qismlardan foydalaniladi. Ularni yetkazib berish maqsadida 100 dan ortiq ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlik qilinmoqda. Shunday bo‘lishiga qaramay, detallarning 30 — 40 foizi import hisobiga olib kelinadi. Bu esa korxonada mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish, shu orqali mahsulot tannarxini arzonlashtirishga erishishni taqozo qilmoqda.
Ushbu masala yuzasidan korxonada mahalliy tadbirkorlar bilan doimiy uchrashuvlar tashkil etilib, ularning istiqbolli loyihalari o‘rganilyapti. Har bir tadbir mobaynida 100 dan ortiq ishlab chiqaruvchilarning 70 ga yaqin loyihalari o‘rganishga qabul qilinayotganligi bu boradagi masalalarning ijobiy yechimi sari intilishlar davom etayotganidan dalolatdir.
— Maqsadimiz davriy avtomashinalar emas, balki yuqori texnologik sifatga ega bo‘lgan avtomobillar tayyorlashdan iborat, — deydi korxonaning ishlab chiqarish bo‘yicha boshqaruvchi direktori Akromjon To‘xtaboyev. — Zero, mahsulotimizga bo‘lgan talab kun sayin ortib borar ekan, biz ham yangilanishlar ustida izlanishimiz, xaridorlar xohishini inobatga olgan holda, yangi modellarni taqdim etishimiz kerak. Ana shu maqsadda boshlangan yangi loyihalar mijozlarga ma’qul bo‘lishidan umidvormiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi