«GM Uzbekistan» dilerda mavjud avtomobillarni bronlash (band qilish) muddatlari bir kungacha qisqarayotganini ma’lum qildi.
Endilikda «Uzavtosavdo» platformasi orqali avtomobilni bron qilgan mijoz 24 soat davomida uni xarid qilish uchun shartnoma imzolashi va/yoki to‘lovni amalga oshirishi lozim bo‘ladi.
Uzavtosavdo.uz platformasini optimallashtirish dilerlik markazlarida avtomobil xaridi jarayonida yuzaga kelayotgan soxta arizalardan tozalash maqsadida amalga oshirilmoqda. Avtomobil broni 1 kun saqlanadi. Ushbu muddat tugagach, tanlangan avtomobil brondan olinadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 noyabr kuni «GM Uzbekistan» avtomobillarini onlayn rejimda xarid qilish uchun O‘zbekistonda birinchi to‘liq avtomatlashtirilgan «Uzavtosavdo» internet va mobil platformasi ishga tushirgandi. Yangi platforma orqali xaridor mustaqil ravishda avtomobil modeli, modifikatsiyasi, rangi va hatto dilerlik markazini tanlashi hamda avtomobil uchun to‘liq yoki qisman to‘lovni amalga oshirishi mumkin. Buning uchun Uzavtosavdo ilovasini yuklab olish, Yagona identifikatsiya tizimida (One ID) ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Elektron raqamli imzo (ERI) bo‘lgan taqdirda avtomobilni ilova orqali xorijda turib ham xarid qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi