20:19 / 28.11.2018
4 926

Qoʻqoncha innovatsiya: Avtobusda til oʻrganish

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida “aqlli avtobus”lar qatnamoqda.

FizMat oʻquv markazi hamda Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabalari B. Hayitov, X Yunusov, A Inomjonov va U Isroilov tomonidan innovatsion loyiha hayotga tatbiq etildi.

“Mazkur loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad xalqimizning xorijiy tillarga boʻlgan munosabatini yaxshilashdan iborat. Oʻz nomidan maʼlumki, «aqlli avtobus”da oʻrindiqlarga kundalik turmushda eng koʻp ishlatiladigan soʻzlar ingliz va oʻzbek tillarida yozilgan lugʻaviy kartinkalar oʻrnatilgan. Endilikda, odamlarimiz oʻz manzillariga ketish jarayonida ingliz va rus tillarini oʻrganib ketishlari mumkin», deyiladi mualliflar izohida.
Qoʻqoncha innovatsiya: Avtobusda til oʻrganish

Maʼlumot uchun, shaharda 2019 yilning sentyabr oyida hunarmandchilik festivali oʻtkaziladi.

Bu loyiha qoʻqonliklarga festival vaqtida tashrif buyuradigan sayyohlar bilan muloqot qila olishi uchun xorijiy tillarni oʻzlashtirishida katta yordam berishi koʻzda tutilgan. Kelgusida Smart Bus loyihasini yanada rivojlantirish maqsadida koreys va nemis tillarini ham qoʻshish rejalashtirmoqda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Qoʻqoncha innovatsiya: Avtobusda til oʻrganish