Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuhammedov tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid statistik ma’lumot taqdim etildi.
Majlisda qatnashgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari o‘z hisobotida yil avvalining eng shov-shuvli qarorlaridan biri bo‘lgan — avtomobil oynalarini ma’lum summa evaziga qoraytirish huquqi, shuningdek, onlayn auksionda sotilgan chiroyli va «chiroysiz» raqamlar ortidan kelgan tushumlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra 2018 yilning 1 sentyabridan boshlab avtomobillar oynasini qoraytirish (tonirovka) xizmatlarini taqdim etish orqali davlat byudjetiga 6,9 mlrd so‘m kelib tushgan va tushumning 10 foizi ichki ishlar organlari xodimlarini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan.
Davron Nazarmuhammedov o‘z nutqida onlayn auksionlarda 18.718 ta davlat avtotransport raqami 95,466 mlrd so‘mga sotilganini ham aytib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar