Foto: «GM Uzbekistan»
Kecha, 29 dekabr kuni «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatining Asakadagi zavodi 2018 yildagi 220 minginchi avtomobilni ishlab chiqardi. Bu avtomobil – «Chevrolet Nexia». Shu bilan rahbariyat tomonidan yil oxirigacha ishlab chiqarish quvvatini 220 minggacha yetkazish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadiga erishildi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Aytilishicha, kompaniya tarixida ilk bor 2018 yilning dekabr oyida rekord qayd etilgan – 34117 dona avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu kuniga mingdan ortiq avtomobil degani.
Kompaniya tomonidan o‘tib borayotgan yilda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning har bir modeli tannarxi o‘rtacha 10-16 foizga pasaytirildi, import xarajatlari esa 73 million AQSh dollargacha qisqardi.
Yangi yilda Asaka avtomobil zavodi jamoasi 15 kunga ta’tilga ketishi ma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar