12:20 / 30.12.2018
7 062

Asakadagi avtomobil zavodi 15 kunga yopiladi

Asakadagi avtomobil zavodi 15 kunga yopiladi
Asakadagi GM Uzbekistan zavodi yangi yil munosabati bilan 15 kunlik ta’tilga ketdi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

«2018 yilning 29 dekabr kuni GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyatining Asakadagi zavodi 220 minginchi avtomobilni ishlab chiqardi. Bu avtomobil – Chevrolet Nexia. Shu bilan rahbariyat tomonidan yil oxirigacha ishlab chiqarish quvvatini 220 minggacha yetkazish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadiga erishildi.

Aytish joizki, kompaniya tarixida ilk bor 2018 yilning dekabr oyida rekord qayd etildi – 34117 dona avtomobil ishlab chiqarildi, bu kuniga mingdan ortiq avtomobil deganidir.

Kompaniya tomonidan o‘tib borayotgan yilda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning har bir modeli tannarxi o‘rtacha 10-16 foizga pasaytirildi, import xarajatlari esa 73 million AQSh dollargacha qisqardi.

2018 yil kompaniya uchun juda sermahsul bo‘lib, ko‘plab ijobiy natijalarga erishildi. Kompaniya o‘tib borayotgan yilda xaridorlarga qulay xaridlar amalga oshirish imkonini beruvchi mutlaqo yangi innovatsion xizmatlarni joriy etdi. «O‘zimiz boramiz», «Ochiq osmon ostidagi savdo», «Uzavtosavdo» savdo platformasi kabi xizmatlar avtomobil xaridini qulay, shaffof, yoqimli amalga oshirish imkonini berdi. Shuningdek, Nurafshon shahrida O‘zbekistonda ilk multibrend avtosalon ochilib, u tomonidan xaridorlarga barcha zaruriy xizmatlarni amalga oshirish ta’minlandi.

Bundan tashqari, GM Uzbekistan Asaka avtomobil zavodiga ishlab chiqarish jarayonlariga sifatni integratsiya qilinganini belgilab beruvchi BIQ-III (Built-In Quality) sertifikatini qo‘lga kiritgani yaqqol misol bo‘la oladi. Bu so‘nggi 3 yil davomida avtozavodda amalga oshirilgan va sifat talablarini to‘la bajarilishini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar natijasi bo‘ldi.

O‘tgan vaqt mobaynida texnologik uskunalar to‘la modernizatsiya qilindi va ularning tarkibi yangilandi, GM kompaniyasining ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishga yo‘naltirilgan yangi tizim va instrumentlari joriy qilindi, korxona xodimlari GM kompaniyasining Janubiy Koreya, Xitoy, Tailand va Hindistonda joylashgan zavodlarida o‘qib qaytishdi.

Qayd etish joizki, yangi yilda Asaka avtomobil zavodi jamoasi 15 kunga ta’tilga ketadi.

Kompaniya bundan keyin xam xaridorlarga yangidan-yangi qulay xizmatlarni takdim etishda davom etadi.

Barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan yangi yil bilan muborakbod etamiz va yangi yilda ham biz bilan qolishingizdan umidvormiz!», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Asakadagi avtomobil zavodi 15 kunga yopiladi