11:30 / 24.01.2019
11 309

O‘zbekiston yengil avtomobillar importini keskin oshirdi

O‘zbekiston yengil avtomobillar importini keskin oshirdi
2018 yilda yengil avtomobillar importi keskin o‘sdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak beryapti.

Agar 2017 yilda O‘zbekiston import avtomobillarga 155 million dollar sarflagan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 319 million dollarni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2016 yilda bu raqam 193 million dollar, 2015 yilda - 120 million dollar, 2014 yilda esa 212 million dollarni tashkil qilgan.

Bundan tashqari, respublika 2018 yilda ekskavatorlar va buldozerlar importiga 306,3 mln dollar, kir yuvish va idish yuvish mashinalari, quritgichlar, sentrifugalarga 334,9 mln dollar, shinalar va pokrishkalarga 193,3 mln dollar, tibbiy asbob-uskunalarga 192,9 mln dollar, elektron dvigatellar, generatorlar va transformatorlarga 459,7 mln dollar hamda neftgaz quvurlari uchun truba va trubkalar importiga 218,4 mln dollar sarfladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekiston yengil avtomobillar importini keskin oshirdi