Avtoekspert Aleksandr Dobin Rossiyada Ravon avtomobillari narxi nega 3 barobar tushib ketganini tushuntirdi.
Yevropa biznesi assotsiatsiyasi avtoishlabchiqaruvchilari ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda GM Uzbekistan Rossiyada 15 078 dona Ravon avtomobillarini sotgan. Ammo 2018 yilda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari sotgan avtomobillar soni atigi 5184tani tashkil etdi. Ekspert fikriga ko‘ra, savdo hajmining keskin tushib ketishi sababi kompaniyaning noto‘g‘ri marketing siyosatida va piar instrumentidan foydalanishni bilmasligida.
"Mart oyida maygacha Ravon avtomobillariga so‘rov katta edi. Taklif etilgan mashinalar uchun mijozlar tomonidan oldindan to‘lov qilingan va so‘ngra mashinani 2-3, ba’zan 4 oygacha kutishga to‘g‘ri kelgan. Brendlar o‘rtasida mijoz uchun urush ketayotgan bir vaqtda bu juda katta muddat, bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. O‘z pulini bergan xaridorni avtomobilsiz ushlab turish, juda noto‘g‘ri", - deb ta’kidlaydi Dobin Sputnik O‘zbekiston radiosi efirida.
Uning fikricha, savdo hajmi pasayishiga Ravon avtomobillari narxi oshirilishi haqidagi xabarlar ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Bu xabar potensial xaridorlarni qo‘rqitib yuborgan.
Avtoekspert shuningdek, 2018 yil oxirida "AvtoVAZ" Granta modelini to‘liq yangilaganiga e’tibor qaratdi.
"Hozirda sotilayotgan mashinalar olti kuzovga ega olti avtomobillardir. Narxlar o‘sha-o‘sha, ba’zan Ravon taklif etayotgan narxdan ham pastroq. "AvtoVAZ" ega bo‘lgan dilerlik markazlari va rasmiy servislarni hisobga olsak, albatta, GM Uzbekistanning u bilan raqobatlashishi murakkab holat. Savdo hajmini oshirishniku aytmasa ham bo‘ladi", - deydi Dobin.
U shuningdek, bugungi kunda Ravon avtomobillari tor auditoriyaga mo‘ljallangan mashinalarga aylanganiga qaramay, Rossiya bozorida qolayotganini, aksariyat g‘arb brendlari esa bundan ham mahrumligiga e’tibor qaratdi.
"Shuning uchun ham Ravon ni hurmat qilsa arziydi", - deb hisoblaydi Dobin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi