"O‘zavtosanoat" AJ raisi o‘rinbosari Aziz Shukurov Jizzaxda qurilishi to‘xtab qolgan «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» zavodi borasida berilgan savolga javob qaytardi.
— Jizzaxda «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» zavodi qurilishi to‘xtab qoldi. "O‘zavtosanoat" bu borada umumiy, aniq ma’lumot bermagani sababli har xil xabarlar chiqib ketdi. Ba’zi manbalar hattoki Fransiya tomoni O‘zbekistonga investitsiya kiritib, foyda ko‘rishiga ishonmadi, degan xabarlar ham chiqdi. Aniqroq ma’lumot bera olasizmi?
— Agar ko‘rgan bo‘lsangiz, «Peugeot Citroen» rasmiy saytida ham bu borada juda qisqa xabar berildi. Biz ulardan ko‘proq ma’lumot bergandik. Umuman olganda ikki tomon muzokaralar olib borgan vaqtda shartnoma shartlarining sir saqlanishini, ommaga ma’lum qilmaslikni kelishib olishadi. Shu boisdan ham biz bu holatning iqtisodiy tomonlari haqida ma’lumot bera olmayman.
Bir narsani tushunish kerak. «Peugeot Citroen» juda katta kompaniya, yiliga millionlab avtomobil sotadi. Bunday kompaniyalar O‘zbekistonga kirib kelishdan oldin mamlakatdagi barcha iqtisodiy holatlar, investitsiya kiritish, sharoitlar bilan tanishib keyin kiradi. Ular boshlab qo‘yib, keyin foyda ola olmasligini o‘ylab qoladigan korxona emas. Shuning uchun investitsiya kiritganidan foyda ololmay qolgani uchun to‘xtab qoldi, degan gaplar bu professional yondashuv emas.
Hozirda Jizzaxda zavod binosi deyarli bitib bo‘lgan. Ammo bino bitgan degani bu o‘zidan o‘zi ishlab ketadi degani emas. Ayni vaqtda «Peugeot Citroen» kompaniyasi bilan muzokaralar davom etmoqda. Yaqin kelajakda bu borada ham masala ijobiy yechim topishi kerak, — deya gapirib o‘tdi Aziz Shukurov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar