21:38 / 05.02.2019
13 025

Jizzaxdagi avtomobil zavodi nima uchun to‘xtab qolgandi?

Jizzaxdagi avtomobil zavodi nima uchun to‘xtab qolgandi?
"O‘zavtosanoat" AJ raisi o‘rinbosari Aziz Shukurov Jizzaxda qurilishi to‘xtab qolgan «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» zavodi borasida berilgan savolga javob qaytardi.

— Jizzaxda «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» zavodi qurilishi to‘xtab qoldi. "O‘zavtosanoat" bu borada umumiy, aniq ma’lumot bermagani sababli har xil xabarlar chiqib ketdi. Ba’zi manbalar hattoki Fransiya tomoni O‘zbekistonga investitsiya kiritib, foyda ko‘rishiga ishonmadi, degan xabarlar ham chiqdi. Aniqroq ma’lumot bera olasizmi?

— Agar ko‘rgan bo‘lsangiz, «Peugeot Citroen» rasmiy saytida ham bu borada juda qisqa xabar berildi. Biz ulardan ko‘proq ma’lumot bergandik. Umuman olganda ikki tomon muzokaralar olib borgan vaqtda shartnoma shartlarining sir saqlanishini, ommaga ma’lum qilmaslikni kelishib olishadi. Shu boisdan ham biz bu holatning iqtisodiy tomonlari haqida ma’lumot bera olmayman.

Bir narsani tushunish kerak. «Peugeot Citroen» juda katta kompaniya, yiliga millionlab avtomobil sotadi. Bunday kompaniyalar O‘zbekistonga kirib kelishdan oldin mamlakatdagi barcha iqtisodiy holatlar, investitsiya kiritish, sharoitlar bilan tanishib keyin kiradi. Ular boshlab qo‘yib, keyin foyda ola olmasligini o‘ylab qoladigan korxona emas. Shuning uchun investitsiya kiritganidan foyda ololmay qolgani uchun to‘xtab qoldi, degan gaplar bu professional yondashuv emas.

Hozirda Jizzaxda zavod binosi deyarli bitib bo‘lgan. Ammo bino bitgan degani bu o‘zidan o‘zi ishlab ketadi degani emas. Ayni vaqtda «Peugeot Citroen» kompaniyasi bilan muzokaralar davom etmoqda. Yaqin kelajakda bu borada ham masala ijobiy yechim topishi kerak, — deya gapirib o‘tdi Aziz Shukurov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Jizzaxdagi avtomobil zavodi nima uchun to‘xtab qolgandi?