22:21 / 05.02.2019
14 490

GM Uzbekistan 2019 yil oxirida Cobalt ishlab chiqarishni to‘xtatadi

GM Uzbekistan 2019 yil oxirida Cobalt ishlab chiqarishni to‘xtatadi
Bugun, 5 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Avtomobil sanoati: kechagi kun va istiqbollar» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Ushbu matbuot anjumanida «O‘zavtosanoat» AJ vakillari tizimdagi yangiliklar haqida ma’lumot berdi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.

«O‘zavtosanoat» AJ 2019 yildan boshlab yangilangan Cobalt avtomobilini ishlab chiqarishni rejalashtirgan edi. Biroq kompaniya ushbu qaroridan voz kechdi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» AJ raisi o‘rinbosari Aziz Shukurov ma’lum qildi.

«Yangi Cobalt unchalik ham yangi emas. GM’ning o‘zida, Braziliyada ushbu loyiha 2016 yilda amalga oshirilgan edi. O‘zbekistonda joriy yilning oxirida Cobalt ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Biz eski avtomobil modellarini ishlab chiqarish to‘g‘ri emas, degan xulosaga keldik. Shunday qilib, yangilangan Cobalt ishlab chiqarish bo‘yicha rejamizni bekor qilamiz», — deydi Aziz Shukurov.

Foto: «Daryo»/Aziz Shukurov

Aziz Shukurovning aytishicha, «O‘zavtosanoat» ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan Captiva avtomobili o‘rniga ikki turdagi krossover ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

«Biz yangi paltformani o‘zlashtiramiz. Captiva ishlab chiqarishni to‘xtatdik. Uning o‘rniga 2019 yilning uchinchi choragida ikki turdagi yangi avtomobil ishlab chiqara boshlaymiz. Bundan tashqari, biz modellar qatorini yangilash borasida ham muzokaralar olib bormoqdamiz», — deydi «O‘zavtosanoat» raisi o‘rinbosari.

Aziz Shukurov, shuningdek, «O‘zavtosanoat» AJ yangi investitsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etishni rejalashtirayotganini ham ma’lum qildi.

«Avvallari biz GMning ishlab chiqarilgan modellarini O‘zbekistonga olib kelib, yig‘ardik. Bizning modellar qatorimiz o‘rta hisobda 9—10 yil ishlab chiqarilardi. Bu juda katta muddat. Hozirda esa modellar har 3—5 yilda o‘zgaryapti. Shuning uchun biz GM’dagi hamkorlarimiz bilan kelishib oldik: Yangi investitsion loyihalarni tatbiq etamiz. Kelgusi uch yil davomida esa Asaka zavodidagi modellar qatorini yangilaymiz», — deydi Aziz Shukurov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan 2019 yil oxirida Cobalt ishlab chiqarishni to‘xtatadi