14:24 / 08.03.2019
8 881

Buxoroda birinchi oʻzbek elektromobili modeli yaratildi (foto)

Buxoroda birinchi oʻzbek elektromobili modeli yaratildi (foto)
Loyiha muallifi hamda konstruktori, ayni paytda, Buxoroda yashab, motor quvvati 169 ot kuchiga teng elektrokar yaratish ustida bosh qotirmoqda.

OʻzAning xabar berishicha, Saidbek Gʻulomov Fargʻona politexnika institutini bitirgach, atrofiga qobiliyatli yoshlarni toʻplab kichik jamoa tuzgan.

“Saidbek dream cars korxonasini ham tashkil etdik. Qogʻozdagi loyihani amaliyotga joriy qilish uchun sharoit va mablagʻ zarur edi. Yordam soʻrab, sohaga aloqador bir qancha tashkilotlarga murojaat qilganmiz”, — deya voqealarni soʻzlab bergan u.

Gʻulomovning aytishicha, “Kogonremstroykomplekt” Oʻzbekiston – Rossiya qoʻshma korxonasi rahbarlaridan biri Shamsiddin Hasanov uning gʻoyasini moliyalashtirishda koʻmak bergan.

Foto: OʻzA / Erkin Yodgorov, T.ISTATOV
“Oradan ikki oy oʻtgach, Buxoro viloyati hokimi hududdagi turli mulk shaklidagi korxonalar bilan tanishish jarayonida qoʻshma korxonada ham boʻldi. Tabiiyki, Saidbekning gʻoyasiga qiziqish bildirildi”, — deb yozadi OʻzA.

Maʼlum qilinishicha, modelni tayyorlash jarayonida uning balandligi bir muncha oshirilib, 1,53 metrga yetkazish maqbul koʻrilgan. Besh oʻrinli bu avtomobilning uzunligi 4,75 metr, eni esa 2 metr. Gʻildiraklari 18 dyumli boʻlishi aytilmoqda. Vazni taxminan 1 ming 450 kilogramm. Motor quvvati 169 ot kuchiga teng.

Foto: OʻzA / Erkin Yodgorov, T.ISTATOV
“U 6,5 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikka erishishi hisoblab chiqilgan. Yana bir muhim masala. Hozircha, avtomobilga 220 voltli kuchlanishli elektr taʼminot nuqtasi orqali zaryadlanadigan 40 kilovat sigʻimli akkumulyator oʻrnatish koʻzda tutilmoqda. Dastlabki, hisob-kitoblarga koʻra, elektromobil toʻliq olingan zaryad bilan 350 kilometr masofa yoʻl bosishi mumkin”, — deydi loyiha muallifining oʻzi.

Foto: OʻzA / Erkin Yodgorov, T.ISTATOV
Taʼkidlanishicha, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga elektromobil chizmalarini oʻz ichiga olgan hujjatlar taqdim etilgan va ular koʻrib chiqilmoqda.

Saidbek Gʻulomov oʻz mashinasini jahon tamadduniga katta hissa qoʻshgan buyuk olim — Ahmad Fargʻoniy nomi bilan atamoqchiligini bildirgan. Elektrokarning oʻzi qachon test-drayvga tayyor boʻlishi maʼlum emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Buxoroda birinchi oʻzbek elektromobili modeli yaratildi (foto)