16 mart kuni GM Uzbekistan avtomobillarning dastlabki partiyasini Qozogʻistonga eksport qildi. Bu haqda “Oʻzavtosanoat” xabar bermoqda.
Kompaniya Qozogʻistonning Kostanay shahridagi “SariarkaAvtoProm” zavodiga Nexia R3 avtomobillarini yirik uzelli yigʻish uchun SKD holida hamda “Ravon Motors Qozogʻiston”ga R4 modelidagi avtomobillarini tayyor holida eksport qiladi.
“Bundan tashqari joriy yil boshidan buyon kompaniya tomonidan Afgʻoniston va Tojikiston respublikalariga avtomobillar eksporti amalga oshirildi”, — deyiladi rasmiy axborotda.
Maʼlum qilinishicha, GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati 2019 yilni faoliyatida eksport salohiyatini oshirish yili deb eʼlon qilgan.
Avvalroq, avtomobil eksporti tushumi yanvar oyida chet elga 200 ming dollarni tashkil etgan maʼlum qilingandi. Bu 2018 yil yanvariga nisbatan 98 foizga kam. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar