16:50 / 03.04.2019
4 583

GM Uzbekistan avtomobillarini Belarusga eksport qilishni boshladi

GM Uzbekistan avtomobillarini Belarusga eksport qilishni boshladi
Bugun, 3 aprel kuni GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati avtomobillarining ilk partiyasini Belarusga eksport qilish uchun yukladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ”Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

Unda qayd qilinishicha, Belarusga tayyor holda Nexia R3 va R4 modelidagi avtomobillar eksporti amalga oshiriladi.
Avvalroq kompaniya Nexia R3 avtomobillarini Qozogʻistonning Kostanay shahridagi “SariarkaAvtoProm” zavodiga yirik uzelli yigʻish uchun hamda “Ravon Motors Qozogʻiston”ga R4 modelidagi avtomobillarini tayyor holda eksport qilgani haqida xabar bergandik.

Yil boshidan buyon Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar Afgʻoniston va Tojikiston qoʻshni davlatlariga ham eksport qilingan.
“GM Uzbekistan faoliyatida 2019 yilni eksport salohiyatini oshirish yili deb eʼlon qilgan, shu sababli kompaniya ushbu sohadagi faoliyatini jadallashtirib, eksport bozorlarini qamrab olishda davom etadi”, deyiladi kompaniya bayonotida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan avtomobillarini Belarusga eksport qilishni boshladi