Shanxayda bo‘lib o‘tayotgan Jahon avtomobillar ko‘rgazmasida, Yaponiyaning lyuks avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Lexus kompaniyasi o‘zining birinchi premium minivenini taqdim etdi, bu haqida Sof.uz xabar qilmoqda.
Lexus LM nomli miniven, ana’anaga ko‘ra Toyota avtomobili asosida ishlab chiqarilgan. Toyotaning Alphard miniveni bi necha yillardan beri ishlab chiqariladi, lekin Lexus unga butunlay o‘zgacha xususiyatlar mujassam qila olgan.
Avtomobil oldidagi ulkan radiator reshetkasi minivenni yanada dinamikali va agressiv ko‘rinishga olib kelgan. Qo‘shimcha xromlangan detallar esa avtomobil lyuks klassga o‘tganidan dalolat beradi.
Lekin asosiy o‘zgarishlar albatta avtomobil ichiga va qo‘llanilgan texnik yechilarda yashiringan. Birinchidan, avtomobil yurish qismi (podveska) yanada yumshoqroq qilingan. Bunga LMga o‘rnatilgan yangi amortizatorlar xizmat qiladi. Amortizatorlar maxsus klapanlar tizimiga ega bo‘lib, ular yo‘lning katta va kichik notekisliklariga mos ravishda ochiladi. Natijada avtomobil har qanday notekisliklarda ravon va yumshoq harakatlanadi.
Avtomobil 300 ot kuchiga ega bo‘lgan 3,5 litrli V6 dvigateli bilan jihozlanadi. Turli jihozlanish variantlarida avtomobilning 2 g‘ildiragi yoki 4 g‘ildiragi ham tortishi (4WD) mumkin.
Eng katta o‘zgarishlar albatta avtomobil salonida. Avtomobil eshigi to‘liq avtomatlashgan ravishda ochilib yopiladi. Yo‘lovchi salonga egilmasdan kirishi mumkin.
Ikkinchidan - orqa o‘rindiq ottomanka shaklida yasalgan bo‘lib, unda bemalol cho‘zilib uxlash mumkin. Uchinchidan, yo‘lovchilar oldidan ulkan 26 dyumli ekran ham o‘rnatilgan.
Ha, aytmoqchi yo‘lovchilar miriqib musiqa eshitishi uchun u yerda juda sifatli Mark Levinson audiosistemasi o‘rnatilgan. Dinamiklar soni - 19ta. Shuningdek, hajmi 14 litr bo‘lgan sovutgich ham bor.
Kompaniya xabariga ko‘ra, ushbu miniven birinchi navbatda Osiyo bozorlari uchun mo‘ljallangan. Ayniqsa xitoy lyuks-minivenlar lyuks sedanlarga qaraganda ko‘proq ommaviylashmoqda. Bunga sabab orqa o‘rindiq atrofining juda kengligidir.
Quyida ushbu miniven taqdimotini tomosha qilishingiz mumkin. Unda bosh qahramon haydovchi emas, orqa o‘rindiqdagi kishi, albatta!
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar