Foto: «Motor»
Kaliforniyadagi avtoateleda obdon restavratsiya qilingan 63 yillik to‘q kulrang Mercedes-Benz Gullwing mashinasiga yangi xaridor topildi. «Motor»ning yozishicha, «Chayka qanotlari» nomi bilan mashhur bo‘lgan afsonaviy Mercedes auksionda 1 234 567 dollarga sotilgan.
Shassi raqami 198.040.6500165 bo‘lgan ushbu mashina 1956 yilda ishlab chiqarilgan. Mashina kuzovining zavoddan chiqarilgan asl rangi kulrang, saloni esa och kulrang charmdan ishlangan edi.
Foto: «Motor»
Foto: «Motor»
Uning avvalgi egasi — San-Fransiskodagi Bring a Trailer kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, mashina juda yaxshi saqlangan va foydalanishga tayyor edi.
Mashinaga shu vaqtgacha kimlar egalik qilgani ma’lum. Uni birinchi marta 1956 yilda Pensilvaniyaning York shahridani bo‘lgan Jorj Sterner sotib olgan. Ikkinchi egasi 1978 yildan 2013 yilgacha Pensilvaniyaning Nyu-Kensington shahridagi Dr. Falk & Son kompaniyasi bo‘lgan.
Shundan so‘ng u Kaliforniyadagi kompaniyaga sotilgan.
Foto: «Motor»
Foto: «Motor»
Bring a Trailer mashinaga 2013—2019 yillarda egalik qilgan va shu yillar davomida Brisben shahridagi Pit Stop atelesida qator restavratsiya ishlarini amalga oshirgan. Mashinadagi yaxshi ishlashi mutaxassislarda oz bo‘lsa-da shubha tug‘dirgan barcha agregat va detallar almashtirilgan. Intereri ham eng sifatli materiallardan foydalanilgan holda mashinaning asl nusxasi ko‘rinishida qayta tiklangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi