date

Turar joy dahalarida yuqori tezlik soatiga 30 kilometr etib belgilandi

Turar joy dahalarida yuqori tezlik soatiga 30 kilometr etib belgilandi

2016 yilning 1 martidan kuchga kiradigan yangi tahrirdagi "Yo‘l harakati qoidalari"da alohida e’tibor qaratilgan yana bir narsa bu tezlikdir. Bu haqda Darakchi.uz'ga O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi boshlig‘i Xolmatjon Saydaliev aytib o‘tdi.

- Bilasiz, transport vositalari soni kundan-kunga ortib bormoqda. Transportlar sonining ortishi tirbandliklarni hosil bo‘lishiga sabab bo‘layapti. Ma’lumki, belgilangan tezlik talablari buzilsa u og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqarishi mumkin. Agar ma’lum hududlarda tahlillarga asoslangan holda tezlikni oshirilsa transportlarning yonilg‘i sarfi, yo‘lda yurishga ketadigan vaqt tejalishi, atrof-muhitning ifloslanishining oldi olinishi mumkin. Masalaning mana shu tomonlarini hamda tegishli mutaxassislarning mulohazalarini inobatga olgan holda turar joy dahalarida transport harakatini tartibga solib, ko‘p qavatli uylar orasida aholi xavfsizligini ta’minlash uchun yuqori tezlikni soatiga 30 kilometr qilib belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari, xuddi shu band bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar Hokimliklariga DYHXX bilan kelishgan holda, agar yo‘lning holati tezlikni oshirish imkoniyatini bersa, ayrim joylarda yoki ayrim yo‘l bo‘laklarida, ayrim transport vositalariga belgilangan tezlikni oshirish uchun ruxsat berish vakolati yuklatildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Turar joy dahalarida yuqori tezlik soatiga 30 kilometr etib belgilandi