
Foto: «Kolesa.ru»
Renault Group vakillari O‘zbekistonda Renault avtomobillarini ishlab chiqarish borasidagi taklifga qiziqish bildirishdi, deb yozmoqda Spot.
Mazkur masala O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasida fransuz avtomobilsozlik korporatsiyasi rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda muhokama qilingan.
Xususan, Renault kompaniyasi O‘zbekistonda mashhur KWID modelini ishlab chiqarishga va Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Afg‘onistonga eksport qilishga tayyorligini ma’lum qilishgan.
Avtokonsern rahbariyati birinchi bosqichda «A» sinfiga oid avtomobillarni yig‘ishni yo‘lga qo‘yishni, keyinchalik boshqa segmentlarga o‘tishga tayyor ekanliklarini tasdiqlagan.
Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘zdan kechirish maqsadida fransuz kompaniyasining delegatsiyasi yaqin kunlar ichida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar