
Foto: «Xabar.uz»
«UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyati Toshkentda arzon ehtiyot qismlar do‘koni ochishni rejalashtirmoqda.
Xabar.uz nashrining ma’lum qilishicha, «UzAuto Motors» rahbariyati ushbu do‘konning saytini ochishni ham va’da qilgan. Unga ko‘ra mijozlarda kerakli ehtiyot qismning mavjudligi va narxi bilan tanishib borish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Do‘kon bir oydan so‘ng ochilishi ko‘zda tutilgan. Eslatib o‘tamiz, kecha «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatining nomi «UzAuto Motors»ga o‘zgartirilgani rasman ma’lum qilingan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar