Buni bilmaydigan odam yo‘q hisobi — transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish taqiqlangan. Biroq shunday bo‘lsa-da, avtomashinasiga turli tovush chiqaruvchi qurilmalar — «sirena», «migalka» o‘rnatganlarni ham ko‘rganmiz. Ular buni imkon qadar «GAI»larga sezdirmaslikka harakat qiladi. Biroq ko‘za kunda emas, kunida sinadi, deb yozadi Zarnews
Samarqand viloyat IIB YHXBdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning olti oyi davomida 549 ta avtomobilga nazarda tutilmagan tovush chiqaruvchi qurilma o‘rnatilganligi aniqlangan. Tuzilgan bayonnomalarda qayd etilishicha, 196 ta holatda tashkilotlar transport vositalari va 353 holatda shaxsiy avtomobillarga sirena o‘rnatilgan. Bundan tashqari, transport vositasiga «migalka» o‘rnatish bilan bog‘liq 4 ta holat qayd qilingan.
Eslatib o‘tamiz, bunday huquqbuzarlik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ya’ni, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek ularni o‘zgartirib o‘rnatish — eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solinadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, tegishli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish — ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Manba: Daryo “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi