22:53 / 18.07.2019
5 242

2019–2023 yillarda avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

2019–2023 yillarda avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi
O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida»gi qarori qabul qilindi.

Prezident qarori avtomobil sanoati investitsion jozibadorligini oshirish va jadal rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini joriy etish, shuningdek, ichki va tashqi ishlab chiqarish bozorlarida raqobatbardosh muhitni hosil qilish maqsadida qabul qilingan.

Unga ko‘ra, 2019–2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha belgilanmoqda:

- yengil avtomobillarni ishlab chiqarish hajmini yiliga 350 ming birlikkacha oshirish;
- yengil avtomobillar lokalizatsiyasi darajasini o‘rtacha 60 foizga yetkazish;
- yuk avtomobillari va avobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 ming birlikka yetkazish;
- avtomobillar eksporti yillik hajmini 100 ming birlikka yetkazish;
- korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari, shuningdek, «ERP» avtomatlashgan hisoblash tizimini joriy etish;
- avtomobillar modellari qatorini yangilash, jumladan, aholining keng qatlamlari xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan yangi va zamonaviy yengil avtomobil ishlab chiqarish;
- «O‘zavtosanoat» AJ tarkibiga kiruvchi ikkitadan kam bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini milliy va xalqaro fond bozorlarida dastlabki ochiq joylashtirish (IPO) yo‘li blan investorlarni jalb etish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 2019–2023 yillarda avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi