Foto: IIBB
O‘zbekiston Respublikasining tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) transport vositalaridan foydalanish masalasiga oid qonunchiligiga o‘zgarishlar kiritilgani xabar qilingan edi.
Toshkent shahar IIBB avtomobil oynasiga o‘rnatiladigan parda masalasiga ham aniqlik kiritdi.
«Kelib tushayotgan ko‘plab savollarga javoban shuni ma’lum qilamizki, parda, darparda, jalyuzilar bo‘yicha qonunchilikda o‘zgarishlar ro‘y bermadi. Yengil avtomobillar bilan bog‘liq hollarda pardalarni yon ko‘zgular mavjud bo‘lgan holda faqatgina orqa oynaga o‘rnatish mumkin.
Yon oynalarga pardalar o‘rnatish faqatgina M3 toifadagi III klass avtotransport vositalariga mumkin (haydovchi o‘rindig‘idan tashqari sakkiztadan ortiq o‘rindiqlari bo‘lgan va og‘irligi 5 tonnadan oshiq bo‘lgan yo‘lovchi transporti). Shuningdek, avtomobil old oynasining 14 sm.dan ko‘p bo‘lmagan tepa qismi tusini polosa shaklida yorug‘lik o‘tkazuvchanligi chegaralamagan darajada o‘zgartirish, ilgarigidek ruxsatnomasiz amalga oshiriladi», deyiladi IIBB xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi