Foto: O‘zavtosanoat
Toshkentdagi Turin politexnika universitetida “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqovning talabalar va O‘zbekistonning yosh kashfiyotchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yosh novatorlarga o‘z g‘oyalari va kashfiyotlarini amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak berishga yo‘naltirilgan UzAuto Market innovatsion startap-maydonchasi loyihasi doirasida o‘tkazildi.
Shavkat Umurzoqov bugungi kunda yosh kashfiyotchilarga e’tibor berish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ahamiyatli ekanligini qayd etdi. Avtomobilsozlikning o‘ziga xosligi va murakkabligi inobatidan, kashfiyotlar va g‘oyalarning asosiy qismi amalga oshirilmay, qog‘ozda qolib ketadi, bu katta sarf-xarajatlar va boshqa muammolar bilan bog‘liq. Shuningdek, har qanday uskuna va mexanizmlarning yuksak texnologik, shuningdek oddiy jihozlari va detallari xorijdan keltiriladi, vaholanki, shu yerning o‘zida ularni ishlab chiqarish va ishlab chiqishni tatbiq etish mumkin.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga startap-maydonchasi imkoniyatlari va hamkorlik istiqbollari taqdim etildi. Har qanday murakkablikdagi loyihalarni amalga oshirish uchun startaplar mualliflari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qoshidagi UzAuto Innovatsion Markazi imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Markazning UzAuto Market startap-maydonchasining ishtirokchilari qo‘llab-quvvatlay olishlari mumkin bo‘lgan asosiy yo‘nalishlari – bu ilmiy faoliyat, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, shuningdek ta’lim va kasbiy qayta tayyorgarlikdir. Bundan tashqari, startap-maydoncha doirasida ishtirokchilar o‘rtasida turli tanlovlar va xakatonlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
UzAuto Market innovatsion startap-maydonchasi yosh kashfiyotchilar va novatorlarga qanday yordam berishi mumkin?
· Yosh kashfiyotchilar va novatorlar uchun doimiy seminarlar va treninglar tashkil etiladi, ularga turli yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori toifali mutaxassislar jalb qilinadi.
· Bilimlar sifatini yaxshilash va ixtisoslikka chuqurroq kirishish uchun mentorlik va ustozlik tizimi ishlab chiqiladi.
· Boshlovchi tadbirkorlar va yosh kashfiyotchilar tadbirkorlik faoliyatida va o‘z kashfiyotlarini ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan yuristlar, moliyachilar va boshqa mutaxassislar konsultatsiyasidan foydalanishlari mumkin.
· Har qanday g‘oyalarini amalga oshirish uchun ishtirokchilarga, zarur hollarda, barcha kommunikatsiyalarga ega ish o‘rni, laboratoriya, stanoklar va boshqa kerakli asbob-uskunalar va moslamalar taqdim etiladi.
O‘z navbatida, yosh mutaxassislar “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisiga avtomobilsozlikda qo‘llaniladigan o‘z ishlanmalari va g‘oyalarini taqdim etdilar. Taqdim etilgan loyihalar orasida ham avtomobilsozlik sohasidagi ishlanmalar, ham boshqa tarmoqlarda qo‘llaniladigan loyihalar mavjud. Masalan, avtomobilsozlikka oid turli uskunalar, elektromobillar va robotlar bilan bir qatorda biometrik protez va ko‘zi ojizlar uchun hassa loyihalari taqdim etildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi