Xitoyning Hanlong Auto avtomobilsozlik kompaniyasi tashqi ko‘rinishidan Range Rover Sport yo‘ltanlamasiga o‘xshash modelni yaratdi. Hunkt Canticie deb nomlangan yangi modelning xitoychi nomi “Kuanshi” bo‘lib, u original Range Rover’dan 10 marta arzonroq turadi. Modelning e’lon qilingan suratlari uning tashqi tomondan Range Rover Sport’ga o‘xshashligini ko‘rsatmoqda.
«Original» va «nusxa» tashqi tomondan bir-biriga o‘xshash bo‘lsa-da, ularning farqlanuvchi jihatlari ham bor. Jumladan bu farqlarni faralar, old panjara va orqa chiroqlarda ko‘rish mumkin. Biroq agar yangi modelga Range Rover belgilari o‘rnatilsa, ko‘pchilik “Kuanshi”ni Range Rover’ning yangi modeli deb qabul qilishlari mumkin.
Mashina 2 litrli, 218 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Bu borada yangi model Range Rover Sport SVR’dan ancha kuchsizroq, chunki britan modelida 5 litrli, 8 silindrli dvigatel o‘rnatilgan. Shuningdek, Canticie’ning maksimal tezligi 185 km/soatni tashkil qiladi, vaholanki Range Rover modellarida bu ko‘rsatkich ancha yuqori.
Shu bilan birga, Range Rover’ning xitoycha varianti intereri bilan “original”dan ancha farq qiladi. Canticie’da asboblar paneli to‘liq raqamlashtirilgan.
Narxlarga kelsak, Canticie ancha hamyonbop bo‘lib, u 126 ming yuan (taxminan 18 ming dollar) turadi. Xitoyda Range Rover’ning eng arzon modelini esa 1,22 mln yuan (170 ming dollar), ya’ni 10 marta qimmatroqqa sotib olish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi