16:23 / 21.12.2019
3 847

Yapon kompaniyalari o‘zbek avtomobilsozligiga sarmoya kiritadi

Yapon kompaniyalari o‘zbek avtomobilsozligiga sarmoya kiritadi
Foto: UzAuto
Tokioda O‘zbekiston-Yaponiya biznes-forumi o‘tkazildi, unda 500 dan ziyod yapon kompaniyalari va tashkilotlari bilan birga «O‘zavtosanoat» AJ vakillari ham qatnashdilar.

Forum dasturi plenar yig‘ilish va iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlarida hamkorlikni rivojlantirish salohiyatini yoritishga bag‘ishlangan bir necha seksiya sessiyalarini o‘z ichiga oldi.Forum yakuniga ko‘ra Yaponiyaning Isuzu Motors va Itochu Corporation kompaniyalarining «O‘zavtosanoat» AJ bilan hamkorligi hisobiga avtomobilsozlik sohasiga yirik investitsiyalar jalb qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Yaponiyaning «ISUZU Motors» va «ITOCHU Corporation» kompaniyalari bilan uzoq yillik hamkorlik 2007 yildayoq boshlangandi – o‘zbek mashinasozligi rivojining yangi bosqichiga Samarqand avtomobil zavodida Isuzu shassisi va kuch agregatlari bazasida yuk mashinalari va avtobuslarni seriyali ishlab chiqarish orqali start berilgandi. «ISUZU Motors» va «ITOCHU Corporation» kompaniyalari bilan hamkorlik «SamAvto» MCHJga ishlab chiqarishni salmoqli kengaytirish imkonini berdi.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun «SamAuto» MCHJ QK tomonidan, yaponiyalik sheriklar bilan birgalikda, yapon tomonidan 15 mln AQSH dollarilik investitsiyalarni jalb qilish masalasi ishlab chiqilgandi. Mazkur loyiha doirasida, joriy yil sentabr oyida «SamAvto» MCHJ, «ISUZU Motors» va «ITOCHU Corporation» o‘rtasida loyihaga yapon investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha zarur harakatlar rejasi imzolandi, u 2021 yilga qadar «SamAvto» MCHJ ishlab chiqarish hajmini yiliga 5 ming dona (avtobus, yuk texnikasi va pikap)dan 10 ming donaga yetkazish imkonini beradi.

Yaponiya kompaniyalari bilan hamkorlik o‘z davomiga va natijalariga ega: o‘tgan oyda O‘zbekistonda ilk bor ishlab chiqarilgan «ISUZU D-MAX» pikaplari taqdimoti o‘tkazildi, ularni ishlab chiqarish SamAvtoning texnik sherigi – Yaponiyaning ISUZU Motors avtomobilsozlik kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirildi. Yaponiyalik sheriklar bilan hamkorlik SamAvtoga chiqarilayotgan mahsulot liniyasini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatini va «SamAvto» MCHJ eksport salohiyatini oshirish imkonini yaratadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yapon kompaniyalari o‘zbek avtomobilsozligiga sarmoya kiritadi