19:33 / 25.12.2019
6 353

«AvtoVaz» 2020 yildan barcha turdagi Lada avtomobillarining narxini oshiradi

«AvtoVaz» 2020 yildan barcha turdagi Lada avtomobillarining narxini oshiradi
Foto: «TASS»
«AvtoVAZ» tomonidan ishlab chiqariladigan modellar uchun tavsiya etilgan chakana narxlar o‘rtacha 2,3 foizga oshiriladi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘pi — 3,8 foizga Vesta sedanining narxi qimmatlashadi — 629,9 ming rubl (10 ming AQSH dollari atrofida). Rossiyada eng ommabop hisoblangan Granta oilasiga mansub sedanning narxi esa 2,5 foizga ko‘tarilib, 455,9 ming rublga (7136 AQSH dollari) yetadi. Shu bilan birga Lada 4x4 yo‘ltanlamasining narxi 2,9 foizga oshadi. Avtokonsernning eng qimmat modeli hisoblanuvchi Lada Vesta Sport esa 1,5 foizga qimmatlashib, 1 million 42,9 ming rublga yetadi (16 686 AQSH dollari).

Lada Xray xetchbekining narxi esa 0,8 foizga oshadi.
Ta’kidlanishicha, narxlarning oshishi «AvtoVAZ»ning Rossiya bozoridagi ulushiga ta’sir qilmaydi, chunki boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilari ham narxlarning oshishini e’lon qilgan.

«AvtoVAZ» — Rossiyadagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, 2018 yilda 560 mingdan ortiq mashina konveyrdan chiqqan. «AvtoVAZ» guruhi Renault—Nissan—Mitsubishi alyansiga kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «AvtoVaz» 2020 yildan barcha turdagi Lada avtomobillarining narxini oshiradi