12:50 / 23.01.2020
3 566

O‘zbekistonliklar 2019 yilda «inomarka»larga qancha sarflashdi?

O‘zbekistonliklar 2019 yilda «inomarka»larga qancha sarflashdi?
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston 440,1 million dollarlik yengil avtomobillar import qilgan. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37,9 foizga ko‘pdir.

Umuman olganda, avvalgi yillarga nisbatan o‘sish sezilarli darajaga yetdi. Agar 2018 yilda import avtomobillarga 319 mln dollar sarflangan bo‘lsa, 2019 yilda bu raqam yana 100 mln dollardan ko‘proqqa oshdi.

Taqqoslash uchun, 2017 yilda O‘zbekiston 155 mln dollarlik yengil avtomobillar import qilgan, 2016 yilda - 193 mln dollar, 2015 yilda - 120 mln dollar, 2014 yilda esa - 212 mln dollar.

Shuningdek, 2019 yil davomida ham «inomarka»lar importi o‘sib bordi. Yil boshida chet el avtomobillarini import qilish hajmi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 4 baravar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, bahor boshida - 2,2 baravar, yoz boshida u 67 foizgacha tushdi, avgustda 72 foizga qadar ko‘tarildi, sentabrda 74 foizni tashkil etdi.

2019 yil davomida kuzatilgan bunday o‘sishga qimmatbaho xorijiy mashinalarni olib kirish tartibi yengillashtirilgani bilan izoh berish mumkin. Biroq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab bu imtiyoz o‘z kuchini yo‘qotdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonliklar 2019 yilda «inomarka»larga qancha sarflashdi?