Foto: «SamAuto»
2020 yilning yanvar oyida O‘zbekistonda birinchi «ISUZU D-Max» pikaplari sotuvi boshlandi. «SamAuto» yangi avtomobillari lineykasi taqdimoti 2019 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
2020 yil 27 yanvar, Toshkent shahri– 2019 yilning noyabr oyida «SamAuto» kompaniyasi tomonidan «ISUZU D-Max» pikaplari taqdimoti o‘tkazildi va oldindan buyurtmaning ochilishi haqida e’lon qilindi. Avtomobillar 3 ta modifikatsiya va 7 ta rangda taqdim etilgan bo‘lib, narxi 270 milliondan 380 milliongacha so‘mni tashkil etadi.
Joriy yilning 20 yanvaridan 24 yanvariga qadar «SamAuto» zavodi yangi avtomobillarni birinchi marta yuklab jo‘natdi. Birinchi turkum 9 ta pikapdan iborat. Xaridorlar avtomobilning ikki qatorli kabina, 4 ta yo‘lovchilar o‘rindig‘i, hajmi 3 litrlik dvigatel va avtomatik uzatish qutisi bilan jihozlangan «D-MAX IRBISi» modifikatsiyasini afzal ko‘rdilar. «D-MAX IRBISi»ning yuk ko‘tarish qobiliyati 865 kilogrammni tashkil etadi.
O‘zbekistonda pikaplar realizatsiyasi bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarida joylashgan 8 ta dilerlik markazlari shug‘ullanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi