16:30 / 29.01.2020
8 297

Qozog‘istonning JAC S3 va JAC S5 rusumli avtomobillari O‘zbekistonga yetkazib beriladi

Qozog‘istonning JAC S3 va JAC S5 rusumli avtomobillari O‘zbekistonga yetkazib beriladi
JAC S3 va JAC S5 rusumidagi 766 ta Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan avtomobil O‘zbekiston bozoriga yetkazib beriladi. Ushbu bitim qiymati 11,8 million dollarni tashkil qiladi, deb yozadi Podrobno.uz nashri.

Mamlakatlar birgalikda ishlab chiqarilgan avtomobillar eksportini oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.

"O‘zavtosanoat" kompaniyasi rahbari Shavkat Umurzoqov va "KazakhЕxport" eksport sug‘urta kompaniyasi boshqaruvi raisi Ruslan Iskakov Milliy avtomobil pavilonida Shevrole rusumidagi modellarni taqdimoti chog‘ida hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Hujjatda Qozog‘iston avtoulovlarining O‘zbekistonga eksportini moliyalashtirish uchun "KazakhЕxport" moliyaviy sug‘urta vositalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonga 766 ta avtomobilni yetkazib berish bo‘yicha birinchi bitim "Sberbank" orqali "KazakhЕxport" eksport savdosini moliyalashtirish doirasida amalga oshirildi.



arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Qozog‘istonning JAC S3 va JAC S5 rusumli avtomobillari O‘zbekistonga yetkazib beriladi