Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi 2-chi hududlararo forumida Qostanayda ishlab chiqarilgan avtomobillarni O‘zbekistonga eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi, deb yozadi Kazinform viloyat hokimi matbuot xizmatiga tayanib.
Ikki mamlakat hukumat rahbarlari ishtirok etgan forumda agrosanoat, sanoat kooperatsiyalari, sanoat va turizm sohalaridagi hududiy biznes hamkorligi haqidagi masalalar muhokama qilindi. Forumda Qostanay viloyati hoikmi Arximed Muxambetov hududning avtoindustriyasini tanishtirdi.
«O‘zbekiston Respublikasi hududlari bilan savdo aylanmasi o‘tgan yilda 34,9% o‘sib, 150 mln AQSH dollariga yetdi. Forumda 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan Toshkent viloyati hokimligi va Qostanay viloyati hokimligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. O‘zaro sheriklik doirasida Qozog‘iston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan avtomobillarni sotish va eksport qilish uchun «Avtosanoat invest» MCHJ, «SararqaAvtoProm» MCHJ va «Gruppa kompaniya Allyur» AJ o‘rtasidagi qo‘shma korxona to‘g‘risidagi kelishuvni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi», - deyilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi